Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagi yig’ilishi boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori Bahodir Sobirov boshchiligida prorektorlar, boʻlim va boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig’ilish avvalida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Sobirov Bahodir Boypoʻlatovich dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Universiada sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishda qoʻshgan hissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov topshirib, jamoa nomidan samimiy muborakbod etdi.