All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Dzyudo sport turi bo‘yicha “Universiada” musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi

  Xabaringiz bor, Navoiy viloyati «Universiada» sport musobaqalariga mezbon sifatida Oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan 14 ta jamoani birlashtirdi.

Yakuniy final bellashuvi bo’lib o’tdi. Shiddat bilan o’tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Buxoro viloyati jamoasi, 2-o’rinni Xorazm viloyati jamoasi va 3-o’rinni Surxondaryo viloyati jamoasi egalladi. G’oliblarga diplom va medallar hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari: 52 kg vazn toifasida Sabina Davlatova 1-o’rin, 90 kg vazn toifasida Zoxid Shonazarov 2-o’rin, 70 kg vazn toifasida Gulina Oblaqulova 3-o’rin, 60 kg vazn toifasida Jamol Xomidov 3-o’rinni egallab, umumiy hisobda Navoiy viloyati jamoasi 5-o’rinni egalladi.

  

G’olib bo’lgan har bir sportchi maxsus sovg’alar bilan taqdirlandi.