loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

GROSSMEYSTER NODIRBEKNING IZDOSHLARI

    Mamlakat shon-shuhratini butun jahonga taratadigan vositalardan biri – sport ekan, uni tobora rivojlantirish, xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish yo‘lida davlatimiz hech narsani ayamasligi yurtboshimizning ko‘rsatmalarida o‘z ifodasini topmoqda. Yurtimiz yoshlari ham bunday e’tiborga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalarki- buni yaqqol misolini Niderlandiyada o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning Tata Steel Chess 2023 superturnirining beshinchi bosqichida klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan sensatsion g‘alabaga erishganligida ko‘rish mumkin. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti 3-bosqich talabasi Sulaymonov Bunyod shaxmat musobaqasining Navoiy shahar bosqichida 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. “Olingan natijalar asosida shuni alohida ta’kidlash joizki, havaskor shaxmatchilarga qaraganda, professional shaxmatchilar zarur paytda qat’iy harakat qila oladi hamda faol, g‘ayratli va tashabbuskordir. Men ham kelajakda kuchli shaxmatchi bo‘lib yetishga bor kuch-g‘ayratimni sarflayman…”-dedi “Fizika-texnologiya” fakulteti 3-bosqich talabasi B.Sulaymonov.