Joriy yilning 24-yanvar kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti (kunduzgi, sirtqi) talabalari ishtirokida profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Prezidentimizning Murojaatnomasida bildirilgan ustuvor vazifalar, ayniqsa korrupsiyani oldini olishga qaratilgan vazifalarning mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi, shuningdek korrupsiya, uning salbiy oqibatlari va u bilan kurashish prinsiplari tushuntirildi.
Uchrashuv soʻnggida talabalardan korrupsion holatlarini oldini olishga qaratilgan anonim soʻrovnomalar olindi.