loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

KUNNING ASOSIY VAZIFALARI BELGILAB OLINDI

  Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning yashash sharoitini doimiy ravishda o‘rganib borish, bu boradagi ishlarni takomillashtirish, ijara xonadonlari va talabalar turar joylarida yashovchi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda yoshlarimiz odob-axloqi yuzasidan institut prorektori X.Qurbonov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

  

Yig‘ilishda ijara xonadonda yashaydigan talabalar va ijaraga beruvchi fuqarolar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish hamda tartibga solish, ijara uchun berilgan uy-joylarning holati to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish, talabalarning darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘lishi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi. Ayniqsa, talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitini bevosita o‘rganishga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bugungi kunda ayrim talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning texnik xavfsizlik talablariga javob bermasligi, talabalarda bu bo‘yicha bilimlarning yetarli emasligi natijasida turli noxush hodisalar ro‘y bermoqda. Muhokamada ijarada turadigan talabalar va ijara beruvchi fuqarolar o‘rtasida munosabatni shaffoflashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish davomida ishlash istagida bo‘lgan talabalarning bandligi ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-son qarori hamda odob axloq qoidalari yuzasidan ayrim yoshlar bilan yakka tartibda ishlash kerakligi alohida ta’kidlandi. “Dunyodagi barcha go‘zal odob sohiblari kamolot sari intilib, odamlarni yaxshilikka chorlab, ularni yomonlikdan qaytarganlar. Bunday kishilarning hayoti, ularning husni-xulqi hamisha insonlar uchun ibrat namunasidir. Yaxshi odob, yoshlarimiz orasida o‘zaro mehr-muhabbatni va tinch-totuvlikni yuzaga keltiradi. Talabalarimizni kelajakda hayotlari yaxshi kechishiga, jamiyatda yaxshi o‘rin topishiga sabab bo‘ladigan asos, bu odob va axloq ekanligini ta’kidlab tushuntirib borish biz ustozlarning eng asosiy vazifamizdir…”-dedi X.Qurbonov.