All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FIRIBGARLARDAN OGOH BO‘LING

    Internetdan oson pul topish — darhol qiziqtirib qo‘yadigan aldamchi taklif. Aniqrog‘i — ishonuvchan kishilarni firibgarlar qarmog‘iga ilintiradigan xo‘rak. Yoshlar o‘rtasida judayam ommalashib ketgan “Odnoklassnik” ijtimoiy tarmog‘i orqali pul topishni taklif etayotgan uddaburonlar qisqa vaqt ichida o‘z pullarini bir necha baravarga ko‘paytirishganini reklama qilishadi. NavDPI Fizika-texnologiya fakultetida, yoshlar o‘rtasida juda ko‘p uchrayotgan ushbu jinoyatni qanday amalga oshirilayotganligi va uning oqibatlari to‘g‘risida soha xodimlari ishtiroki  davra suhbatlari tashkil etildi. “Agar noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilsa, avvalo, o‘zingizni xotirjam tutishingiz va tinchlanib olishingiz kerak. shaxsiy ma’lumotlarni aytmasligingiz, hech qachon va hech kimga bank kartangiz kodini oshkor qilmasligingiz zarur. Agar karta bilan bog‘liq biror holat yuzasidan qaror qabul qilishingizni talab qilishsa, o‘ylab olish uchun vaqt so‘rang. Kartangizning holati va undagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotni bankning rasmiy veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali o‘z shaxsiy kabinetingizga kirib aniqlash mumkin. Agar hoziroq qaror qabul qilish lozimligini aytishsa, ushbu masalada xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritishingizni ma’lum qiling. Hech qachon telefoningizga kelgan bank kartalari bilan bog‘liq bir martalik yuborilgan SMS-kodni, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish huquqini beruvchi login va parollarni hech qanday shaxslarga aytmang. Ular sizdan olgan ma’lumotlar (SMS-kod, login va porol) orqali bank kartangizdagi pul mablag‘larini ko‘chirib olish yoki Sizning ruxsatingizsiz boshqarish imkonini qo‘lga kiritadi. Ayrim nopok shaxslar tomonidan elektron to‘lov vositasidan yoki masofiviy xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalangan holda  firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etish holatlari kuzatilmoqda…”-deydi suhbatlar jarayonida Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchisi N.Raxmatov.