loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli tadbir

  Tibbiyot fakultetiga birinchi kursga qabul qilingan talaba-yoshlar uchun “Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti 1-bosqich talabalari madaniy-maʼrifiy tadbir doirasida qasamyod qabul qildi.

Boʻlajak shifokorlar kasbiga sadoqatli boʻlish, har qanday sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga, oʻz manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va gʻayratini sarflashga, halol boʻlishga qasamyod qildi. Tadbirda institutimiz rektori Bahodir Sobirovning tabrigini birinchi prorektor Xurshid Qurbonov oʻqib eshittirdi.

 

Shundan soʻng, tadbirni badiiy qismiga navbat berildi. Bunda fakultet talabalari tomonidan turli mavzularda sheʼriy va musiqiy chiqishlar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida bir guruh faol talabalar viloyat hokimligi va institut rektorining tashakkurnomasi va sovgʻalari bilan taqdirlandi.Tadbirda prorektorlar: Xurshid Qurbonov, Ilhom Nasriddinov, fakultet rahbariyati, talabalarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.

 

  • Maʼlumot uchun: Tibbiyot fakultetiga 2 ta yoʻnalish: “Pediatriya” va “Davolash ishi” ochilgan boʻlib, jami 152 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 72 nafari birinchi kurs talabalari.