loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT

  Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida 2022-yil 17-dekabr kuni yoshlar o‘rtasida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Biz – yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” shiorlari ostida «JAHOLATGA – QARSHI MA’RIFAT» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekanati, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etishdi.
Tadbirga tashrif buyurgan Navoiy viloyati IIBB ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo’limi xodimi Mamayusupov Sh., Navoiy viloyati din ishlari bo’yicha qo’mita vakili I.Hamroyevlar so‘zga chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va yoshlar o‘rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilish va o‘tkazib turishga kelishib olindi.