Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi Bahriddin Toshmamatov, dekan oʻrinbosari Nodir Umarov, institut matbuot kotibi Kamol Xolov birgalikda 1-sonli TTJda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini oʻrgandilar.
Oʻrganish natijasida talabalarning betartib boʻlgan xonalari aniqlanib, ularga xona tozaligi va ozodaligini saqlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi va natijasi nazorat qilinishi taʼkidlandi. Dekan o’rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan talabalarning yashash sharoitlari oʻrganilmayotganligi koʻrsatib oʻtildi. Ushbu masala institut rahbariyati tomonidan nazorat va tahlil qilib borilmoqda.