loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Navoiy viloyatida boʻlib turibti

   Хаbar berilganidek Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Navoiy viloyatida boʻlib turibti. Delegatsiya vakillari — F.M. Dostoevskiy nomidagi Omsk davlat universiteti rektori, professor S. Zamyatin va Omsk ta’lim vaziri Tatyana Dernova tashrif davomida Navoiy davlat pedagogika institutida ham boʻldilar.

Viloyat hokimi oʻrinbosari Y.Doʻshanov, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi rahbari F.Ro’ziqulov va institut rahbariyati, kafedra mudirlari tomonidan oliygohda yoshlarni zamon talablari asosida bilim olishi, ilmiy salohiyat, professor-oʻqituvchilar tomonidan yaratilayotgan darslik va o’quv qoʻllanmalar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, talabalar almashinuvini taʼminlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Maʼlumot uchun: ayni kunda NavDPI 10 dan ortiq xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.