All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi

   Joriy yilning 14-dekabr sanasida Matematika-informatika fakultetida “Janubiy”MFY raisi A.Yuldoshev, mahalla faollari, yoshlar yetakchilari hamda fakultet rahbariyati, tyutorlar va talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy davra suhbati o’tkazildi.

Yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini oldini olish bo’yicha atroflicha tushunchalar berildi.