Konimex tuman kasb-hunar maktabi o’quvchi-yoshlarini milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,zamonaviy bilimlarga ega bo’lishlarini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda dekabr oyligi maktabda «Ijtimoiy fanlar» oyligi munosabati bilan joriy yilning 13-dekabr kuni «O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ahamiyati» mavzusida tarix fani o’qituvchisi J.Yuldashov tashabbusi bilan tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti dekani o’rinbosari Quljonov Ilyos Abdikomilovich va Din ishlari bo’yicha qo’mitasining Navoiy viloyat boshqarmasi Konimex tuman bosh mutaxasisi B.Tagayevlar, pedagog va pedagog muhandislar va 120 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.