loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

UCH AVLOD VAKILLARI BIR DAVRADA

   Dunyo sahnida katta-kichik mamlakatlar muttasil sinovdan o‘tib turadi. Qiyinchiliklarni ahillik bilan, mardonavor yengib o‘tgan xalqlargina o‘zligini saqlab qolib, taraqqiyotga erishadi. Shu bois, yurtimizdagi bugungi islohotlar, yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, turli millat va elatlar uchun yagona Vatan – O‘zbekistonning ravnaqi yo‘lida birlashish mas’uliyati muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi… Uch avlod vakillari bir davra atrofida o‘tirib, fikr almashishdi. Keksalarning o‘gitlari yoshlarni chuqur bilim olishga, doim yaxshilik qilishga, yaxshi inson bo‘lishga ilhomlantiradi. Tadbir talabalarning she’r va qo‘shiqlari bilan davom etdi. “Albatta, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, mehnat faxriylarining hayot maktabi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi. O‘tkazilgan tadbirlarda yoshlarga xos kuch-g‘ayrat, o‘rta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashdi. Shu asnoda xulosalar qilinib, ishtirokchilar o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi…”-dedi, Navoiy shahar “G‘alaba” MFY rais N.Aliyeva.