Har tongni madhiyamiz sadolari bilan qarshi olamiz. Qalbimizda yangi kunga, istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat’iy ishonch tuyg‘usi jo‘sh uradi.
Demak istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayveradi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti va Navoiy shahridagi harbiy qismda talabalar hamda yosh askarlar ishtirokida “Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi” mavzusida uch avlod uchrashuvlari tashkil etildi. Tadbirlarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i B.Sadriddinov, Navoiy shahar “Janubiy” MFY faollari, harbiy ofitserlar va askarlar ishtirok etishdi. “Shukrki, mamlakatimizda tinchlik — osoyishtalik, totuvlik hamda inoqlik, birdamlik va hamjihatlik hukm surayotir. Vatanimizning kuch-qudrati, salohiyati, obro‘-e’tibori ham tobora yuksalmoqda. Eng muhimi, ozod yurtimizning hech kimdan kam bo‘lmagan farzandlari kelajakka qat’iy ishonch bilan yuksak marralar sari dadil odimlamoqda…”- deydi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i B.Sadriddinov.