Tarix fakulteti “Tarix” kafedrasi mudiri (Navoiy shahar kengashi deputati) dos.A.Aminova yosh oilalarni oilaviy hayotga tayyorlash, yurtimizda olib borilayotgan ma’naviy, ijtimoiy islohotlardan xabardor qilib borish, bugungi kunda yosh oilalarga berilayotgan imtiyozlar haqida malumot berish maqsadida «Oila – jamiyat asosi» mavzusida seminar- treningi tashkil etdi va ma’ruza qildi.
Navoiy viloyati Nurota tumanida Qadoq mahallasida istiqomat qilayotgan Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabasi Ismoilov Dilmurod va Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Xo’janov Mirjalollar Respublika miqyosida 30-noyabr va 10-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Besh tashabbus olimpiadasi» ning yakuniy bosqichida sportning voleybol turi bo‘yicha jamoa tarkibida qatnashib, Respublika musobaqasida 16-21 yosh toifasida faxrli 2 va 22-26 yosh toifasida faxirli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Tarix fakultetida O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining qabul qilinganligini 30 yilligi munosabati bilan talabalar o’rtasida «MADHIYAM IFTIXORIM» shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchi ekanligi va O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettirishi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini himoya qilishga chorlashi xususida ma’lumotlar berildi, talabalar ham o’zlarining fikrlarini bildirishib, buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasini madh etishdi.