Xabar berilganidek, Navoiy davlat pedagogika institutida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan profilaktik tadbirlar haftaligi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu kun bilan kecha, 5-dekabr sanasida Oʻzbek tili va adabiyoti, Ingliz tili va adabiyoti, Fizika-texnologiyalar hamda Sanʼatshunoslik fakultetining professor-oʻqituvchilari, tyutorlari, kafedra ishchi-xodimlari ishtirok etib, Navoiy viloyat prokuraturasi katta tergovchisi Nurmatjon Jumanazarov tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularga qarshi kurash olib borish boʻyicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi, korrupsiyaviy holatlar bo’yicha tayyorlangan maxsus video namoyish qilindi.