Mazkur tadbirlar 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Kuni kecha ana shunday uchrashuvlarning birinchisi oʻtkazildi. Unda institutimiz rektori Bahodir Sobirov, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi Orif Allanazarov, rektor maslahatchisi, prorektorlar boshchiligida Tarix, Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, Matematika-informatika, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetlari professor-o’qituvchilari, tyutorlari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.