loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Konstitutsiya – yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi

 Ushbu anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi tashabbusi hamda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi va Navoiy viloyat Yuridik texnikumi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanni institutimiz rektori Bahodir Sobirov ochib berib, ishtirokchilarni mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan tabrikladi.

“Oʻttiz yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon Oʻzbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladi, tom maʼnoda ulkan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi”, — dedi institut rektori Bahodir Sobirov.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan: “Konstitutsiyaning ayrim moddallariga kiritilayotgan oʻzgarishlar” xususida Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Jamshid Xayriyev, “Konstitutsiyaning davlatchiligimiz tarixida tutgan oʻrni” – Rustam Qarshiyev, “Konstitutsiyada mehnat munosabatlarining tartibga solinishi” — Umar Oʻtamurodov, “Konstitutsiya yaratilish tarixi” — Murod Raxmatov, “Konstitutsiyaviy huquqning tarixiy rivojlanish bosqichlari” — Dilshod Murtazayev, “Konstitutsiyada inson manfaatlari” — Otaniyoz Eshdavlatovlarning maʼruzalari tinglandi.

Konferensiyada Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Joʻrayev ishtirok etib, Konstitutsiyaning yaratilish tarixi to’g’risida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan konstitutsiyaviy moddalar, ularga kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha savollar berilib, mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Mazkur jarayon OAV orqali yoritildi.