loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ingliz tili va adabiyoti hamda Tibbiyot fakultetida tadbirlar bo’lib o’tdi

  Joriy yilning 1-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan 2-kurs tyutorlari D.Soibova,O’.Ismoilova hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Sh.Atoyevalar tashabbusi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti  Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs 201 va 204- guruhlarda tahsil oluvchi talabalar tomonidan «Do’stlik» uyi nodavlat-notijorat tashkilotida «Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda turli millat vakillarining urf-odatlari aks etgan ma’lumotlar, sahna ko’rinishlari,raqslari va qo’shiqlari ijro etildi. Tatar-boshqird milliy markazi vakillari tomonidan aytilgan ajoyib tatar-boshqird milliy qo’shiqlari barchaning olqishiga sazovor bo’ldi. Markaz bilan kelajakda doimiy hamkorlikda tadbirlar uyushtirishga kelishib olindi.

Shu kuni Tibbiyot fakultetida ham 1-dekabr “Butunjahon OITSga qarshi kurash” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Viloyat IIB xodimi F.O’taganov, Institut xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi xodimi S.J.Odilov, institut profilaktika inpektori S.Hasanovalar so’zga chiqib, OITS kasalligining yuqish yo‘llari va uning salbiy oqibatlari haqida talaba yoshlarga ma’lumotlar berdilar.