Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻi asosida Magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlanganlik holati, tadqiqot mavzusi bo’yicha chop etilgan nashr ishlarini tahliliy hisobotlari tinglandi. Magistratura bo’limi tomonidan talabalarning dissertatsiyalari sifatini oshirish hamda ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida, 29-noyabr sanasida Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya), Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) mutaxassisliklari 2-bosqich magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlanganlik holati tahlil qilindi.
Magistratura yo’nalishi magistrlari hisobotlarini tinglash va olib borgan faoliyatlarini ijobiy baholash bilan bir qatorda ularga tadqiqot mavzusini bo’yicha dissertatsiya ishini sifatli bajarish, tezis va ilmiy maqolalarni chop etish yuzasidan magistratura bo’limi boshlig’i N.Murodova, bo’lim mutaxassisi G.Yo’ldosheva, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari tomonidan savollar berildi va kerakli tavsiyalar berib o’tildi.
NavDPI Matbuot xizmati.