loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Bir bayroq ostida birlashamiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Bir bayroq ostida birlashamiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida, 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida Sanʼatshunoslik fakulteti talabalari hamda viloyat harbiy qism hamkorligida «My flag is my pride» (mening bayrog’im — mening g’ururim) loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.

  

Tadbirni NavDPI rektori Bahodir Sobirov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng harbiylar bilan chiqishlar boshlanib, o’qituvchilar va talabalar   tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar koʻylanib, harbiy va jangovor chiqishlarga ulanib ketdi. Shuningdek, harbiylar tomonidan yoshlarga qurol-yaroq, anjom-aslahalar tanishtirildi.