loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Zamonamiz qizlari” mavzusida davra suhbati

  NavDPIning 3-sonli talabalar turar joyida yoshlarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Turli xil to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan,”Ingliz-tili”, “Tikuvchilik” va boshqa to’garaklar tashkil qilingan. Shuningdek, dam olish joylari, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonasi, oshxona kabi maishiy sharoitlar yaratilgan. Shunigdek, talabalar turar joyida “Ayollar maslahat xonasi” hamda “Psixolog xonasi” tashkil qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Har bir qavatda hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonasi mavjud. Institutimiz axborot resurs markazining filiali tashkil etilgan… Joriy yilning 15 noyabr kuni talaba-qizlar bilan O’MI Navoiy viloyati vakili bosh imom xatibi, xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi Umida Xolova ishtirokida, “Zamonamiz qizlari” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Odob-axloq, tartib-intizom, urf-odatlar va milliy qadriyatlarimiz to’g’risida so’z yuritilib, qizlarimizda yuksak ma’naviy ahloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi bo’yicha alohida to’xtaldi. Tadbir davomida yoshlar va ustozlar tomonidan Vatanimizni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar ijro etildi.