Hammamizga maʼlumki, 2006-yil 12-sentyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning professionalizmi, malakasi va maʼsuliyati insonlarning hayoti va taqdirida muhim oʻrin egallaydi.
Ushbu kun – Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan NavDPI maʼmuriyati va jamoasi nomidan institutida tahsil olayotgan Tibbiyot fakulteti talaba-yoshlarini, ularga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan tibbiyot xodimlarini, professor-oʻqituvchilarni samimiy muborakbod etamiz. Ularga sogʻlik salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va omad tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!
Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati.