Soʻnggi yillarda mamlakatimizda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir boʻlagiga aylandi. Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 11-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan. Ushbu sana munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Bekmurodov Normurod Rashidovichni va fakultetlarda faoliyat olib borayotgan barcha kasaba qo’mitasi vakillarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Jamiyatimiz rivoji uchun qo’shayotgan masʼuliyatli va oliyjanob faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaymiz. Sihat-salomatlik, oilalarida hotirjamlik, baxt va omad yor boʻlsin!
Hurmat bilan, NavDPI rahbariyati va jamoasi.