loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ijtimoiy faoliyatda xotin-qizlar madaniyati va munosabati muhim oʻrin tutadi

  Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslaxatchisi dotsent. Nasiba Tursunova va psixolog Dilfuza Abduraimovalar hamkorligida “Kadrlar”, “Devonxona”, “Hisobxona” “Oʻquv”, “Maʼnaviyat”, “Magistratura” boʻlimlarining bir guruh xodimlari bilan “Ijtimoiy faoliyatda xotin-qizlar madaniyati va munosabati” mavzusida suhbat oʻtkazildi. Suxbat asosan xodimlarning bir-biriga munosabati, muomala madaniyati, oʻzaro hurmat, kiyinish madaniyati kabi masalalarga bagʻishlandi. Shuningdek, xotin-qizlarning gender-tengligi masalasi va taklif-mulohazalari haqida fikr almashildi. Institut psixologi D.Abduraimova tomonidan kasbiy faoliyat jarayonida tartib-intizom, oʻzaro samimiy munosabat, hamjixatlik olib borilish lozim boʻlgan masalalar yuzasidan maslahatlar berildi. Suxbat soʻngida ishchi-xodimlarning kayfiyatini koʻtarish maqsadida “psixologik-trening” tashkil etildi.