loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIR GURUH TANIQLI ZIYOLILAR — NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA

 Navoiy davlat pedagogika institutida yurtimizning bir guruh taniqli insonlari —sanʼatkorlar, ijodkorlar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Madaniyat karvoni” hamda “Maʼnaviyat festivali” doirasida bo‘lib o‘tayapti.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiorini o’zida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etildi. Respublikamizning taniqli olimlari, ziyolilar, professor-oʻqituvchilar, yuzlab talaba yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbir yuqori saviyada, koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Soʻzga chiqqan mehmonlar inson qadri ulugʻlangan yurt, jonajon Oʻzbekistonimizda olib borilayotgan oqilona siyosat, mamlakatimizning jahon miqyosidagi oʻrni, yoshlar maʼnaviyati masalasi va boshqa bir qator mavzularda maʼruzalar qilishdi. Tadbir goʻzal kuy-qoʻshiqlar, sheʼriy chiqishlar bilan davom etib, yigʻilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

   

“Madaniyat karvoni” ishtirokchilari Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi eksponatlari joylashuvi, jadid bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros, qatag’on qilingan insonlar taqdiri bilan tanishdilar.