loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut talabasi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo’ldi

  Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi bo’ldi. Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Angren shahrida «regbi-7» boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o’tkazildi. Chempionatda terma jamoa a’zosi sifatida ishtirok etgan NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Hasanali Rahmonov munosib ishtirok etib, kumush medal sohibi bo’ldi. Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bellashuvda BAA vakillariga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi. Bronza medal esa malayziyalik regbichilarga nasib etdi.