loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Dekan oʻrinbosarlari va tyutorlar bilan ushrashuv

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektori maslahatchisi Bahodir Abdullayev va birinchi prorektor Xurshid Qurbonov boshchiligida dekan muovinlari, fakultet tyutorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tanqidiy-tahliliy olib borilgan uchrashuvda institutda talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning qoniqarsiz tashkil etilayotganligi, talabalar bilan profilaktik tadbirlarni oʻtkazishda tyutorlar va dekan oʻrinbosarlari tomonidan sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Taʼkidlandiki, joriy yilning 6 oyi davomida talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2 tani tashkil etgan boʻlsa, 9 oyi davomida bu koʻrsatkich 4 tani tashkil etib 100%ga oshganligi, institutda profilaktik tadbirlarning muntazam ravishda oʻtkazib kelinmayotganligi, talabalar boʻsh vaqtlarida nazoratsiz va bekor qolayayotganligi asosiy sabablardan biri sifatida qayd etildi.

Bunday holatlarning oldini olishda tyutorlar va dekan oʻrinbosarlarining sitqidildan mehnat qilishi zarurligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida “Yil talabasi”, “Eng yaxshi talaba”, “Eng kitobxon talaba” kabi Respublika darajasidagi koʻrik tanlovlar va loyihalar tashkil etilmoqda. Barcha tanlovlarning dastlabki bosqichlari fakultetlarda oʻtkazilishi belgilangan boʻlsada ayrim hollarda tanlovlarning fakultet bosqichlari nomigagina tashkil etilayotganligi talabalarning noroziligiga sabab boʻlayotganligi achinarli holat ekanligi aytib oʻtildi. Bu borada dekan oʻrinbosarlari va tyutorlardan eʼtiborli boʻlishlari talab etildi.

Shuningdek, qilinajak ishlar boʻyicha topshiriq hamda vazifalar belgilandi.

Iqtidorli talabalarni har tomonlama qoʻllab – quvvatlash uchun oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan loyihalarda talabalarning faol ishtirokini taʼminlash; talabalarning psixologik portretini, “Talabalar balansi”ni va talabalarning demografik maʼlumotlarini tayyorlash; Talabalarni odob axloq kodeksi bilan muntazam tanishtirib borish; ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning holidan kunlik xabardor boʻlib borish; Ota-onalar bilan fakultet dekani uchrashuvlarini muntazam tashkil etib borish; fakultetlarda oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda faol yoritib borish; 1 hafta muddatda fakultet tyutorlariga talabalarning psixologik pasportini shakllantirish boʻyicha oʻquv seminar tashkil etish bo’yicha topshiriq hamda vazifalar belgilandi.

NavDPI Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.