Mukofot jamgʻarmasi 1 mld. soʻm boʻlgan «Digital Navoiy Hackathon-2022» tanlovi boshlandi. Tanlov bugun, 1-noyabr sanasida Navoiy davlat pedagogika institutida «start» oldi.
Navoiy viloyati hokimligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihada 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan dasturchi yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov 5 yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtadi:
1.»Hududni investitsion jozibadorligini aks ettirgan eng yaxshi loyiha»;
2.»Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;
3.“Hududni turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan eng yaxshi loyiha”;
4.“Raqamli iqtisodiyot”;
5.“Eng samarali innovatsion loyiha”.
Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar 200 million soʻmgacha boʻlgan pul mukofoti bilan taqdirlanishadi. Tanlov ishtirokchilari komissiya a’zolari oldida oʻz loyihalarini taqdimot qilshdi.