Navoiy davlat pedagogika institutida 11-noyabr — “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Prezidentimiz tomonidan Kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida alohida qonun qabul qilinib, 11-noyabr «Kasaba uyushmalari kuni» etib belgilangan.
Sana munosabati bilan institut faollari va kasaba uyushmasi qoʻmitasi aʼzolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida kasaba uyushma tashkilotining jamoadagi nufuzini oshirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasi, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalalarda mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar keltirildi. Shuningdek, bir guruh faollar Kasaba qo’mitasi va institut tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.