Psixoterapiya ulg‘ayishga yordam beradi. Ulg‘ayish — reallik bilan yuzlashishdan qochmaslik va o‘z hayoti uchun mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Psixolog maslahat berar ekan, mijoz «bola» holatida qolaveradi. Navoiy davlat pedagogika instituti “Matematika-informatika” va “Fizika-texnologiya” fakultetlar 1-kurs talabalari bilan «Institut odob-axlok kodeksi», ichki tartib-qoidalari hamda hayotdagi turli vaziyatlarga to‘g‘ri xulosa chiqarish bo‘yicha talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida institut psixologi D.Abduraimova uchrashuvlar o‘tkazdi. Qur’on va sunnatlarimizda hamma hayotiy vaziyatlarimizga javob bor. Lekin bugun bariga amal qilib yashay olyapmizmi? O‘sha kitoblarimizni o‘qiyapmizmi? O‘qiganimiz bilan nechog‘lik rioya etyapmiz?… “Avvalombor yoshlarimiz bilan doimiy ravishda suhbatlar o‘tkazib kelayotganliklari uchun, mahoratli mutaxassis- institutimiz psixologiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ruhshunosga borish yoki bormaslik har kimning o‘z tanloviga bog‘liq. Eng muhimi, ularga ehtiyoj tug‘ilgan paytda kasbining ustasi, haqiqiy mutaxassis, professionalini topib borish kerak…”-deydi S.Qo’chqorova.