loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar turar joylaridagi sharoitlar oʻrganildi

   Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar koʻmitasi raisi oʻrinbosari Rano Turdiboyeva Navoiy davlat pedagogika instituti 2-sonli talabalar turar joyi bilan tanishdi. Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Malika Mamadiyarova boshchiligida boshqarma vakillari, institut birinchi prorektori Xurshid Qurbonov, dekan oʻrinbosari Q. Umarov, institut psixologi, yotoqxona komendanti va tarbiyachisi hamrohlik qilishdi.

   

Yotoqxonada tashkil qilingan kompyuter hamda maʼnaviyat xonalari, kutubxona, kir yuvish, oshxona va dazmol qiladigan xonalar, tibbiyot xonasi hamda talabalar xonasi koʻzdan kechirildi. Shundan soʻng, yotoqxona talabalari bilan suhbat oʻtkazildi. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun berilayotgan imkoniyatlar xususida gapirilib, hayotiy missolar bilan maʼlumotlar berildi.