loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash maqsadida targʻibot tadbiri

   Navoiy viloyat sudi sudyalari G.Xudayberdiyeva hamda A.Bahronovlar tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutida professor-o’qituvchilar va magistrantlar ishtirokida, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, shuningdek boshqa bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda, “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaviy ajrim hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” masalalariga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Qonunlari hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillariga tayangan holda, Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ayollarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirib borish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, nikohdan ajratish va erta nikohga kirishi holatlarini oldini olish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish, birinchi marta jinoyat sodir etish yo’liga kirib qolganlarga jinoyat, fuqarolik yoki huquqbuzarlik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilganlarga, ta’ziqqa uchragan, zo’rlik ishlatishdan jabrlangan ayollarga huquqiy ko’mak berish, fuqarolik, mulkiy munosabatlardagi muammolarni hal etish, ularni tadbirkorlik sohasida yaratilayotgan imkoniyatlardan yaqindan xabardor etib borish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir yakunida kelgusida qilinishi lozim bo’lgan ishlar haqida tegishli mutasaddilar bilan fikr-mulohazalar almashildi. Ma’lumot o’rnida joriy yilning 8 oy davomida Navoiy viloyat fuqarolik ishlari bo’yicha sudlari tomonidan oilaviy nizolar bilan bog’liq jami 2374 ta da’vo ariza va arizalar ko’rib tugatilgan bo’lib, shundan 1524 ta qanoatlantirilgan, 295 ta qanoatlantirishdan rad qilingan, 406 ta ko’rmasdan qoldirilgan va 149 ta ish yuritishdan tugatilgan.

  

Navoiy viloyat sudi sudyasi
Gulnafis Xudayberdieva