loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YANGI O‘QUV YILINING BOSHLANISHI

  Boshlanayotgan yangi o‘quv yilida barcha professor-o‘qituvchilarga hormay-tolmay talabalarga dars berishlariga, talabalar esa bor kuch-g‘ayratlari bilan taʼlim olishlariga tilakdoshmiz. Fursatdan foydalanib, yana bir bor birinchi bosqichga qabul qilingan, mamlakatimizdagi eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil olish baxtiga sazovor bo‘lgan barcha yoshlarimizni tabriklaymiz!

Navoiy davlat pedagogika institutining fakultetlarida ham Yangi o‘quv yilini boshlanishi, bayramona kayfiyatda tashkil etildi. Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetilarida ham erta tongdan boshlab birinchi kursga qabul qilingan talabalarni kutib olish, institut hamda fakultet tuzilmasi bilan tanishtirish, ota-onalar bilan suhbatlar uyushtirildi, belgilangan tartibda o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish tadbirlari amalga oshirildi. Ota-onalar tomonidan berilgan savollarga fakultetlar mas’ul xodimlari atroflicha javob berishdi.