Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati aʼzolari hamda maʼnaviyat fidoyilarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodimlari, tuman, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmalari xodimlari ishtirok etishdi. Taqdirlanganlar orasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov va dotsent Botir Zaripovlar ham bor.
Institut jamoasi nomidan ustozlarimizni ushbu eʼtirof bilan qutlaymiz!