All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

  Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo’lib o’tmoqda. Boshqa oliy ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi Navoiy davlat pedagogika institutida ham abiturientning hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish masofadan amalga oshirildi.

Imtihonlarni yuqori saviyada, shaffof va adolatli o’tishini ta’minlash maqsadida malakali, o’z yo’nalishi bo’yicha tajribaga ega mutaxassislar jalb etilgan bo’lib, imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, vokal san’ati, cholg’u ijrochiligi, rang tasvir, dizayn, musiqa ta’limi, jismoniy madaniyat va sport faoliyati – kurash yo’nalishida ijodiy imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

   

Shuningdek, imtihon olinadigan har bir xona videokameralar orqali yozib olinadi va zarurat tug’ilganida istagan paytda uni qayta ko’rish imkoni mavjud. Bularning barchasi ijodiy imtihonlarning ochiq, adolatli va shaffof o’tishi uchun amalga oshirilgan.