loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MAGISTRLARGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI OʻTKAZILDI

  Maʼnaviyat va maʼrifat markazida «Yangi Oʻzbekistonning ilm-maʼrifatli, ishonchli yoshlari: Magistr — 2022» shiori ostida tashkil etilgan tantanali tadbirda Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Yashin Dushanov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Akrom Muqimov, NavDPI rektori Bahodir Sobirov, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Nurbek Ulugʻberdiyev, Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Marat Shamuratov va bir qator faxriy mehmonlar hayojonli, shu bilan birga quvonchli daqiqalarni guvohi boʻldilar.

Tadbir avvalida Davlatimiz madhiyasi sadolari yangradi. Shundan soʻng, institutimiz rektori Bahodir Sobirov soʻzga chiqib, joriy yilda institutni 20 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha jami 2029 nafar bakalavrlar va 210 nafar magistrlar bitirgani, shu jumladan, Navoiy viloyatidan 1400 nafar, Samarqand viloyatidan 367 nafar, Buxoro viloyatidan 233 nafar va boshqa viloyatlardan 29 nafar bitiruvchilarni tashkil qilishi, hozirgi kunda bitiruvchilarning 919 nafari (45%) ish bilan taʼminlanligi xususida toʻxtaldi va bitiruvchilarga bayram tabrigini yetkazdi. Institutda amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazish uchun tayyorlangan maxsus videorolik namoyish qilindi.

Shundan keyin tadbirni hayajonli, yaʼni bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish maromi boʻlib oʻtdi.

Joriy yil bitiruvchilarining 94 nafari mazkur institutning oʻzida faoliyat koʻrsatmoqda. Magistrlik libosini kiygan bitiruvchilarning hayojonli daqiqalariga ularning ota-onalari, qarindoshlari, turmush oʻrtoq va farzandlari, doʻstu-birodarlari sherik boʻldilar.

➖Bitiruvchilarga diplom topshirish marosimida magistrlarning nafaqat ustozlari, yaqinlari ham ishtirok etdilar. Ularni Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari va institut rektori yana bir muvaffaqiyat bilan qutlab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga chaqirdilar,- dedi magistr Merey Omonboyeva.

Bir soʻz bilan aytganda tadbir juda chiroyli va esda qolarli boʻldi desak, hato qilmagan boʻlamiz.

Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati.