loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Davlat boshqaruv Akademiyasida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi

   O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31-yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, mustaqillik yillaridagi keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan qonunlar hamda ularning jamiyat farovonligini ta’minlash, insonlar hayotini yaxshilashda tutgan o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha Davlat boshqaruv Akademiyasida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining rektorlari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov va 7 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.