Joriy yilning 25-iyun kuni sportning shaxmat turi bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning respublika bosqichi Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l dam olish maskanida start oladi. To‘dako‘l» majmuasida Shaxmat o‘yinlariga start berildi hamda «Yoshlar festivali»ni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar festivali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev, viloyat hokimi v.b Normat Tursunov, sektorlar, tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari ishtirok etdi. Ushbu marosimda institutimiz rektori B.Sobirov, institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Bekmurodov, bo‘lim boshlig’i B.Toshmamatov, katta o‘qituvchi S.Haydarov va dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ham ishtirok etib, yuqori kayfiyat ila tashkil etilgan jarayonlarni bevosita ishtirokchisiga aylanishdi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy shahrining “Yoshlik” ko‘lida respublikaning taniqli san’atkorlari ishtirokida gala-konsert dasturi tashkil etiladi.