loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Kasbga qarab ish tanlash – muhim vazifa. Maktablar salohiyatli yosh o’qituvchilarni kutmoqda

  Navoiy viloyati hokimi v.b Normat Tursunov Navoiy davlat pedagogika institutida oʻquv jarayoni qanday yoʻlga qoʻyilgani, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotgani, talabalarning ijodiy qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishi uchun qanday imkoniyatlar yaratilgani bilan qiziqdi.

Institut rektori B.Sobirov, hududiy sektorlar rahbarlari hamrohligida N.Tursunov institut hovlisida tashkil etilgan taqdimotlar bilan tanishdi. Respublika va Xalqaro musobaqalar sovrindorlari, “Besh tashabbus olimpiadasi” ishtirokchilari, ularning ustozlari bilan suhbatlashdi.

   

Shundan soʻng, bitiruvchilarni oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Navoiy shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Dilyara Toʻxfatulina viloyat markazidagi umumtaʼlim maktablari tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutining joriy yilgi bitiruvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

➖“Kasbga qarab ish tanlash — muhim vazifa. Maktablar salohiyatli yosh oʻqituvchilarni kutmoqda!”, dedi viloyat hokimi Normat Tursunov.

«Hokim va bitiruvchilar» uchrashuvi oʻtkazildi.

 Ushbu uchrashuvda viloyat hokimi soʻzga chiqib, bitiruvchilarni oliy oʻquv yurtini tamomlagani munosabati bilan samimiy muborakbot etdi. Taʼlim va ilm-fan davlat taraqqiyotining eng ustuvor yoʻnalishiga aylanib borayotgani, davlatimiz rahbarining birinchi navbatdagi gʻamxoʻrligiga aylanib borayotgani uchrashuvda taʼkidlandi.

Shuningdek, soʻzga chiqqan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari taʼlimdagi shaxsiy yutuqlari haqida soʻzlab, bir qator takliflarni bildirdilar. Xususan, xorijiy tillarni ommalashtirish, hududiy bandlik bozori ehtiyojlarini prognozlash va viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash, oliy taʼlim tizimiga inklyuzivlikni rivojlantirish, «Hokim soati» darslarini tashkil etish takliflari berildi va hokim tomonidan maqullandi.

Uchrashuv ohirida Normat Tursunov bitiruvchilar bilan xayrlashar ekan, kelajakda kasbidan qatʼi nazar, ular shu dargohdan olgan fundamental bilimlariga dadil tayanishini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, viloyat hokimi institutda tashkil etilgan «inkubatsiya va akseleratsiya» markazi faoliyati bilan tanishdi. U yerda ham oʻqib, ham ishlayotgan talabalar bilan muloqot qildi, startap loyihalari bilan tanishdi.