loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish lozim

  Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov va bo‘lim mutaxassisi U.Shomirovlar tomonidan Jismoniy madaniyat, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, Ingliz tili va adabiyoti va San’atshunoslik fakultetlarining professor-o‘qituvchilari, tyutorlari, ishchi-xodimlariga «Korrupsiya — ta’lim va tarbiya uchun katta xavf» mavzusida uchrashuvlar o‘tkazildi.

   

Ushbu uchrashuvlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar to‘plami, odob-axloq kodeksi va namunaviy ichki tartib-qoidalari tushuntirildi. Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi Qaror va farmonlari hamda OTVning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi buyruqlarining ma’no-mazmuni to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligi, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir xodim o‘zida mas’uliyat his etishi kerakligi aytib o‘tildi.