Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda “Professional ta’lim tizimi bilan bog’liq ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish” bo‘yicha mutasaddilarga muhim topshiriqlar berilgan edi. Navoiy davlat pedagogika institutida “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limining yillik ish rejasiga asosan viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamkorligida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha taqsimot tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda ish beruvchi sifatida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (80 nafar), maktabgacha ta’lim boshqarmasi (50 nafar), kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi (3 nafar), sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi va madaniyat boshqarmasi o‘z vakant o‘rinlarini institut talabalari bo‘lgan yosh mutaxassis kadrlar bilan to‘ldirdilar.
Ma’lumot o‘rnida: 2021-2022 o‘quv yilida institutning jami 2029 nafar bitiruvchilari tamomlaydi. Ularning 538 nafari grand asosida ta’lim olishdi. Ushbu tadbirda 400 dan ortiq talabalar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish uchun qatnashdilar.