Tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasa rahbarlariga mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shunday o‘quvlardan biri Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali rahbari Z.Sultonov, bosh inspektori A.Latipov hamda NavDPI dosenti M.Raxmatovlar tomonidan tinglovchilarda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi bugungi kun rahbarlari uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Trening so‘ngida boshqaruv xodimlari, sektor rahbarlariga aholi muammolari bilan manzilli ishlash, faoliyatni tashkil etishda natijadorlikka erishishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berildi.