Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘ldi. Navoiy davlat pedagogika institutida partiya vakillari, deputatlar, faollar va talaba-yoshlar bilan ham uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari Mirodil Abdurahmonov so‘zga chiqib, konstitusiyaviy islohotlar zarurati va uning mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi. Shuningdek, ochiq muloqotda deputatlar, partiya faollari, yoshlar ham so‘zga chiqib, o‘z takliflarini bildirdilar.