Navoiy davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida iqtidorli talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy konferensiya anjuman tashkil etildi. Anjumanni institut rektori, professor Bahodir Sobirov ochib berdi. Anjuman 3 ta sho‘baga bo‘lingan holda davom etdi. 1-sho‘ba – Ijtimoyi gumanitar fan sohasi, 2- sho‘ba — Aniq va tabiiy fanlar sohasi, 3-sho‘ba — Pedagogik va innovasion ta’lim texnologiyalari sohasi.
Har bir sho‘ba yo‘nalishlar bo‘yicha professor-o‘qituvchi, talaba va magistrantlar tomonidan ma’ruzalar qilindi. Jumladan, “Yoshlarning ilmiy va innovasion g’oyalari uchinchi renessans poydevori” — NavDPI ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor, “Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning innovasiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni»— Feruz To‘xtaev, “Ta’limning audio-video formatli axborot ta’minotini yaratishda amaliy dasturiy vositalarning o‘rni” — Ikromov Muxammadyusuf, “Yoshlar o‘rtasida turizmni rivojlantirishning yangi innovasion texnologiyalardan foydalanish” — Qobilov Olimboy, “Ko‘zi ojizlar uchun intensiv audiokitoblar” shu va boshqa mavzularda ma’ruzalar qilindi.