loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Hemis axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha ochiq davra suhbati

  Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida Hemis axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” PQ-60-son qarorining 6-bandida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida hisobotlarni tayyorlashning qog’oz shaklidan voz kechish hamda ta’lim muassasasi o‘quv jarayonini avtomatlashtirish to‘g’risida batafsil ma’lumotlar berilgan.

   

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida institut O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i H.SHodiev hamda boshqarma mas’ullari «Musiqa ta’limi» , «Pedagogika va psixologiya», «Geografiya», «Ingliz tili va adabiyoti» kafedrasi, «Texnologik ta’lim», «Rus tili va adabiyoti», «Fakultetlararo chet tillar», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Fizika va astronomiya», «Maktabgacha ta’lim» va «Ijtimoiy fanlar» kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan HEMIS axborot tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va tizimda o‘quv jarayonini olib borilishi, reja va dasturlarni ishlab chiqish to‘g’risida tushuntirish olib bormoqdalar.