loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Sayyor qabul Karmana tumanida davom etdi

  Kecha xabar berilganidek 1-3 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. (1-iyun Zarafshon shahri, 2-iyun Navbahor va bugun Karmana tumanlarida bo‘lib o‘tdi).

Unda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori F.Farhodov hamda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov ham ishtirok etib, Oliy ta’limga oid masalalarni ko‘rib chiqdilar.Bugun mazkur sayyor qabul Karmana tumanida bo‘lib o‘tdi. Qabulda oliy ta’limga tizimiga oid 8 ta murojjat ko‘rib chiqilib, shundan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. 2 ta murojaat ko‘rib chiqilishi vazirlik va OTM tomonidan nazoratga olindi. 1 nafar fuqaroning murojaati taklif sifatida qabul qilindi va rahbariyatga yetkazilishi ta’kidlandi.

Murojaat bilan kelgan fuqarolar orasida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ham bor.  Institut tomonidan ularga shartnoma pullari qoplab berilishi, moddiy rag’batlantirish, o‘qishni ko‘chirish va yotoqxona masalalari ijobiy hal etildi. Shuningdek, sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarga badiiy kitoblar sovg’a qilindi.