Navbahor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sayyor qabulda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori F.Farhodov hamda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov ishtirok etib, Oliy ta’lim tizimi bilan bog’liq 8 ta murojjat ko‘rib chiqilib, shundan 6 tasi joyida ijobiy hal etildi. 1 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, yana 1 murojaat ko‘rib chiqilishi vazirlik va OTM tomonidan nazoratga olindi.
Shuni ta’kidlash kerakki, murojaatlar orasida Navoiy davlat pedagogika institutining 2 nafar talabasiga shartnoma pullari OTM tomonidan to‘lab berilishi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nomidan esdalik uchun badiiy kitoblar sovg’a qilindi.