loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Quvnoqlar va Zukkollar” 2022 yil mavsumi yakunlandi

  Institutda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va Zukkollar” (QVZ) o‘yinlarining final bosqichi yuqori harorat, o‘zgacha shukuh va xushkayfiyat ila tashkil etildi. Finalda San’atshunoslik fakultetining “Ped star”, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetining “BMT”,  Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star”, Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Smayl taym”, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon” jamoalari 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

     

Yakuniy natijalarga ko‘ra final o‘yini g’olibi, 2021-2022 yil mavsum chempioni, “QVZ” kubogi sovrindori — Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star” jamoasiga nasib etdi. 2-o‘rinni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetining “BMT” va San’atshunoslik fakultetining “Ped star” jamoalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Smayl taym” jamoasiga nasib etdi. Matematika-informatika fakultetining «Qalqon» jamoasi 4-o‘ringa loyiq deb topildi. 1-o‘rin olgan jamoaga 5 mln so‘m, 2-o‘rin olgan (har bir) jamoaga 3 mln so‘m, 3-o‘ringa 2 mln va 4-o‘ringa 1 mln. so‘m pul mukofoti, shu bilan birga har bir jamoa esdalik sovg’alari, diplom va  tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.