loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Konstitusiyaviy islohotlar bo‘yicha kengash ish boshladi

   Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari bilan, “Yuksalish” umummilliy harakatining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining Navoiy viloyati Kengashi hamkorligida Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitusiyaviy islohotlar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Talabalarga yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumotlar berilib, inson qadri degan ezgu tamoyil yurtdoshlarimiz hayotida tub burilish, ertangi kunga ishonch hissini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani hayotiy misollar orqali so‘zlab berildi.

Tadbirda talabalarga Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni olish, umumlashtirish, ularni qayta ishlash hamda belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish ishlarining borayotgani hamda bu haqda keng jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilayotgani aytildi. Tadbir qizg’in muhokamalarga boy bo‘ldi. Yoshlar o‘z kelajagi uchun befarq emasligini ta’kidlab qator takliflarni bildirdi.